Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi

Prezidentimizning joriy yil 16-fevraldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-oqibat, shukronalik va hamjihatlik kabi ezgu fazilatlarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Tuproqqal'a tumanida ham qator savobli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, tumandagi oilalar uchun iftorlik dasturxoni yozilib, muborak oy shukuhi birgalikda qarshi olindi.
Tadbir davomida nuroniylar va mahalla faollari tomonidan ezgu tilaklar bildirildi, duolar qilindi. Ramazon oyining fayzi va barakasi odamlar qalbini yanada yaqinlashtirib, totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!13-03-2026, 09:53
Tuproqqal'ada Navro‘z sayli 16-martdan boshlanadi15-03-2026, 09:54
26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlari ishdan olindi3-08-2023, 16:10
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi choralar ma’lum qilindi3-08-2023, 11:34
O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi3-03-2026, 09:51











